“Barselona” kelajagi qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachisi Ansu Fatining jarohatidan qachon sog‘ayishi ma’lum bo‘ldi. Avvalroq, 19 yoshli futbolchining tiklanishi uchun 4-6 hafta vaqt ketishi ma’lum qilingandi, ammo “Mundo Deportivo” nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi uch haftadan kamroq vaqt ichida safga qaytishi mumkin.

Kataloniya klubi futbolchisi Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi o‘yinda (3:3) chap sonining biseps mushaklaridan jarohat olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Fati “Barselona” safida barcha turnirlarda sakkizta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urgan.

Ma’lumot uchun, bunga qadar 2020 yilning noyabr oyida Ansu Fati chap tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan va bir necha oy davomida jamoasiga yordam bera olmagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ispaniya La liga Ansu Fati Jarohat

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing