“Barselona” Kanselu bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
13 yanvar 820 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Kataloniya klubi futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari oshkor qilinmagan. Kanselu “ko‘k-anorranglilar” safida 2-raqamda harakat qiladi.
Futbolchining to‘liq shartnomasi hanuz Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga tegishli.
Qayd etilishicha, Kanseluga Italiyaning “Inter” klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq portugaliyalik futbolchi shaxsan “Barselona” variantini tanlagan. Avvalroq, OAVda “neradzurri” Kanseluni qaytarish bo‘yicha kelishuvga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo keyinchalik muzokaralar to‘xtab qolgan.
Joau Kanselu 2024 yil yozidan buyon “Al-Hilol” safida harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda oltita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portali hozirda Kanseluning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi