“Barselona” Ispaniya superkubogining 14 karra sohibiga aylandi

Sport

image

16 yanvarga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Ispaniya superkubogi finalida azaliy raqiblar “Real” va “Barselona” kuch sinashdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahs yakunida Kataloniya klubining qo‘li baland keldi. “Ko‘k-anorranglilar” safidan gollarga Gavi, Levandovski va Pedri mualliflik qilgan bo‘lsa, “qirollik klubi”dan qo‘shimda daqiqada Benzema to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, “Barselona” o‘z tarixida 14 marta Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi. Madrid klubi hisobida esa 12 ta superkubok mavjud. Superkubok finalida “Real”ni mag‘lub etish orqali “Barselona” ustozi Xavi klub murabbiyi sifatida ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing