“Barselona” ikki portugaliyalik futbolchini o‘z safida olib qolmoqchi

Sport

image

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi himoyachi Joau Kanselo va vinger Joau Felishni joriy mavsum yakunida ijara shartnomasi tugagach, jamoada saqlab qolish niyatida ekanini aytdi.

“Kanselo va Felish safimizga qo‘shilganidan beri yuqori saviyada o‘ynamoqda. Klub ularni keyingi mavsumlarda ham saqlab qolishi mumkin. Biz yaqin vaqt ichida bu futbolchilar bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqdamiz, chunki biz “Manchester Siti” bilan ham, “Atletiko” bilan ham yaxshi munosabatdamiz”, deydi Laporta.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” Kanselo uchun 15 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan pul to‘lamoqchi. O‘z navbatida, “ko‘k-anorranglilar” Felish uchun 30-40 million yevrodan voz kechishga tayyor.

Felish joriy mavsum Kataloniya klubi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga hammualliflik qildi. Kanselo esa 17 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Joan Laporta Joau Felish Joau Kanselo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing