“Barselona”ga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi

Sport

image

Bugun, 28 oktyabr kuni “Barselona” prezidenti Joan Laporta “Barsa B”ning amaldagi murabbiyi Serji Barxuanni jamoaning vaqtinchalik murabbiyi bo‘lishini e’lon qildi. U iste’foga chiqarilgan Ronald Kuman o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlangunicha asosiy jamoani boshqaradi.

Shuningdek, Laporta bugunning o‘zida “Ciutat Esportiva” matbuot markazida rasmiy mashg‘ulot oldidan Serji Barxuanning tanishtiruv marosimi o‘tkazilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Barxuan ertaga, 29 oktyabr kuni klub prezidenti bilan birgalikda “Ciutat Esportiva”da “Alaves”ga qarshi o‘yinni muhokama qilish uchun OAV vakillari bilan uchrashadi.

Kataloniya klubining yangi bosh murabbiyi futbolchilik faoliyati davomida 10 yil “Barselona”da o‘ynagan. Shu vaqt mobaynida Ispaniya La ligasining 267 uchrashuvida maydonga tushib, 6 bor gol urgan va 3 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol La liga Joan Laporta Serji Barxuan Yangi murabbiy

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing