“Barselona”ga Xolandni sotib olish uchun homiylar topildi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi rahbariyati 2022 yilning yozida Erling Xolandni sotib olmoqchi. Klub jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganiga qaramay, ushbu transferni amalga oshirishda yordam berishga tayyor bo‘lgan bir nechta fondlardan investitsiya takliflari kelib tushgan. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra,“ko‘k-anorranglilar” prezidenti Joan Laporta norvegiyalik futbolchining otasi hamda agenti bilan uchrashgan. Biroq, Xolandning ish haqi bo‘yicha yuqori talablari “Barselona” uchun jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. U “Borussiya”da yiliga 8,6 million yevro mablag‘ ishlab topadi.

Eslatib o‘tamiz, Xolandning “Borussiya” bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozida o‘z yakuniga yetadi. Unga “Real”, “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”dan takliflar bor.

Ma’lumot uchun, Erling Xoland joriy mavsum barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol hamda 4 ta assistning muallifiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Borussiya D Xoland Joan Laporta

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing