“Barselona”ga kelgan Xavi nimadan norozi?
Sport
−
07 noyabr 2021
10394“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub direktori Mateu Alemani bilan tizimdagi o‘zgartirish kerak bo‘lgan jihatlar haqida suhbatlashdi. Bu haqda Ccma.cat nashri xabar berdi.
“Biz darhol qattiq ishlashni boshlashimiz va barcha sovrinlar uchun kurashishimiz kerak. Bu klubning “DNK”sida bor. Men jamoa yaxshi o‘ynashini, muvaffaqiyat qozonishini, hamda yaxshi natijalarga erishishini istayman. “Barselona”da ishlash orzuim nihoyat ushaldi. Qaytganimdan juda xursandman. Ishni tibbiy muammolarni hal qilishdan boshlaymiz”, deydi Xavi.
Ikkala tomon ham jamoadagi tibbiy muammo imkon qadar tezroq hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim masala ekanligini ta’kidlagan. Alemani noto‘g‘ri tashxis qo‘yishdan, o‘yinchining yomon tiklanishidan va retsidivlardan charchaganligini aytgan. Hozirda “Barselona” turli sabablarga ko‘ra 11 nafar futbolchisining xizmatlaridan foydalana olmadi.
Xabar qilinishicha, muammo nafaqat tibbiyot shtabida, balki fitnes bilan ham bog‘liq.
LiveBarchasi