“Barselona” futbolchisi operatsiya qilinadi

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Serxi Roberto tez orada operatsiya qilinadi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi o‘ng sonning mushaklarining shikastlanishi tufayli jarrohlik operatsiyasiga muhtoj. Roberto hozirda Finlyandiyada jamoa shifokorlari nazorati ostida bo‘lib turibdi. U taxminan 3 oy davomida maydonga tusha olmaydi.

Roberto joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda ishtirok etgan. 

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar”ning jarohat olgan vingeri Ansu Fati joriy yilning 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Bavariya”ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuviga qadar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” La ligasida 14 o‘yindan so‘ng, 23 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqa peshqadami “Real Madrid” hisobida esa 33 ochko mavjud. Ispaniyaning amaldagi chempioni Madridning “Atletiko” klubi hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi La liga Fati Serxi Roberto

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing