“Barselona” endi o‘z o‘rinbosarlarini ovqatlantirmaydi
Sport
−
22 avgust 2023 15524 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi o‘rinbosarlar tarkibi futbolchilari uchun nonushta va tushliklarni bekor qildi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” o‘rinbosarlar jamoasi a’zolariga ovqat tayyorlaydigan kompaniya xizmatlarini to‘xtatishga qaror qilgan.
Hozirgacha futbolchilar “La Masiya”da nonushta yoki tushlik qilishlari mumkin edi, ammo og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli Kataloniya klubi futbolchilarni qornini o‘ylamaslikka qaror qildi. Klub buni asossiz xarajatlar deb hisoblamoqda, chunki futbolchilarning aksariyati shundog‘am bazada ovqatlanmaydi
Qayd etilishicha, futbolchilar ertalabki mashg‘ulotdan so‘ng ovqatlanish uchun uyga ketishni ma’qul ko‘rgan.
Live
Barchasi