“Barselona” “Bryugge” bilan durrang o‘ynadi
Sport
−
06 noyabr 1679 1 daqiqa
Kecha, 5 noyabr oqshomida UEFA Chempionlar ligasi doirasida Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Belgiyaning “Bryugge” jamoasi maydoniga safar qildi. “Yan Breydel” stadionida kechgan bahs jangovar 3:3 hisobidagi durrang natija bilan yakunlandi.
“Bryugge” o‘yinni tezkor gol bilan boshladi. 6-daqiqada Karlos Forbsning o‘ng qanotdan bergan uzatmasini Nikolo Tresoldi golga aylantirdi. “Barselona” tezda javob qaytarishga harakat qildi va 8-daqiqada Ferran Torres yaqin masofadan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Forbsning goli orqali “Bryugge” yana hisobda oldinga chiqib oldi.
Ikkinchi bo‘limda “Barselona” hisobni tenglashtirish uchun jiddiy harakat qildi. Uchrashuvning 61-daqiqada Lamin Yamal hisobni tenglashtirdi. Ammo 63-daqiqaga kelib Forbs yana bir qarshi hujumda gol urdi va “Bryugge”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.
77-daqiqada “Barselona” Lamin Yamalning uzatmasidan so‘ng Xristos Solisning avtogoli tufayli muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha vaqtda, “Bryugge”ning Romeo Vermant tomonidan kiritilgan goli VAR orqali bekor qilindi, chunki futbolchi posbon Shensniy bilan to‘qnashuvi hujumda o‘yin qoidasini buzilishi deb baholandi.
Shu tariqa, uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. “Barselona” uch ochkoni qo‘ldan boy berib, ochkolarini 7 taga yetkazgan bo‘lsa, “Bryugge”ning ochkolari esa 4 taga yetdi.