“Barselona” “Arsenal” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Arsenal” klubi hujumchisi Viktor Gyokereshni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Shvetsiyalik futbolchi kataloniyaliklar qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda jurnalist Xose Alvares ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” 28 yoshli hujumchini PSJga ko‘chib o‘tgan Ferran Torresning o‘rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Kataloniya klubi joriy transfer oynasida Gyokereshni qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganishni boshlagan. 

“Barselona” uchun asosiy masala futbolchining transfer qiymati bo‘lishi mumkin. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Gyokereshning bozor qiymati 65 million yevro atrofida baholanmoqda. “Arsenal” esa shvetsiyalik hujumchini o‘tgan yozda Lissabonning “Sporting” klubidan qariyb 67 million yevroga xarid qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Ferran Torresning PSJga transferidan taxminan 50 million yevro daromad olgandi. Endi kataloniyaliklar ushbu mablag‘ning bir qismini yangi hujumchi transferiga yo‘naltirishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing