“Barselona” a’zosi faoliyatini “Al-Nasr”da davom ettirishi mumkin

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Kleman Langle yozda Krishtianu Ronalduning jamoadoshi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” “Al-Nasr” bilan himoyachining transferi shartlari bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgan. Transfer miqdori kichik bo‘lishi kutilmoqda, lekin haligacha Langlening o‘zi rozilik bildirmagan.

Qayd etilishicha, Kleman Yevropada qolishni rejalashtirmoqda, ammo “Al-Nasr”dan foydali taklif tushsa, uning rejalari o‘zgarishi mumkin.

Himoyachi o‘tgan mavsumni ijara asosida “Tottenxem”da o‘tkazdi. U APLda umumiy 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Kleman Langle

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing