“Barselona” a’zosi ham safdan chiqdi
Sport
−
07 Oktyabr 2024 6128 1 daqiqa
“Barselona” vingeri Ferran Torres noyabrgacha maydonga qaytmaydi. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi “Alaves” bilan bahsda o‘ng sonining orqa qismidan jarohat olgan. Endi u bir oy maydonga tusha olmaydi.
Torres 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Alaves”-“Barselona” uchrashuvining oltinchi daqiqada almashtirildi. Uning o‘rniga Erik Garsiya bahsni davom ettirdi. Xansi Flik shogirdlari Robert Levandovskining xet-triki evaziga raqiblarini mag‘lub etdi.
Joriy mavsumda Ferran Torres La Liganing 8 o‘yinida bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumni “Jirona” safida o‘tkazdi va La Liganing 30 ta o‘yinida 5 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” himoyachisi Dani Karvaxal jiddiy jarohat olib, safdan chiqqani xabar qilingandi.
Hozirda “qirollik klubi” himoyachi pozitsiyasiga futbolchi qidirmoqda.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr