“Barselona” 33 yillik antirekordini yangiladi
Sport
−
06 dekabr 2020 10578 1 daqiqa
Ispaniya chempionatining 12-turining navbatdagi o‘yinida “Barselona” sensatsion tarzda “Kadis” jamoasiga yutqazdi.
Uchrashuv Kadis shahridagi "Ramon de Karransa" stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning minimal 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“OptaJose” xabariga ko‘ra, 2020/21 yilgi mavsumning boshlanishi “Barselona”ning so‘nggi 33 yildagi eng yomon starti bo‘lgan.
Ispaniya La Ligasida ushbu mavsum “Barselona” hisobida 14 ochko bor. 1987/88 yilgi mavsumning shu davrida klub hisobida 13 ochko bo‘lgan edi.
Ayni paytda "Atletiko Madrid" La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr