“Barselona” 22 yoshli futbolchisini sotuvga qo‘ydi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachi Erik Garsiya bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi klub rahbariyati bilan birgalikda 22 yoshli himoyachini sotish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilgan va yosh ispaniyalik futbolchi transferga qo‘yilgan. Har qanday klub uni 10 million yevro evaziga sotib olishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchi ikki yil avval “Manchester Siti”dan Kataloniya safiga ko‘chib o‘tgandi. 2022/2023 yilgi mavsumda Garsiya “Barselona” safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 10 million yevroni tashkil qiladi.

Ta’kidlash joiz, Garsiyaga qiziqayotgan klublar orasida Milanning “Inter” klubi ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona futbolchi Erik Garsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made