“Barselona” 20 yoshli futbolchisini ijaraga berdi
Sport
−
01 Sentabr 2023
2934“Barselona”ning 20 yoshli futbolchisi Ansu Fati faoliyatini “Brayton”da davom ettiradi. Bu haqda APL klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 1 sentyabr kuni ispaniyalik yarim himoyachi Ansu Fati “Brayton”ning bir yillik ijara shartnomasiga imzo chekkan. Unda “chaykalar” 20 yoshli vinger maoshining 80 foizini to‘lab borishi belgilangan.
“Brayton” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbiga ko‘ra, bu transfer jamoaning kelgusida ko‘zlagan maqsadlariga erishishi uchun muhim rol o‘ynaydi.
”Ushbu imzo barchamiz uchun juda muhim edi. Ishonchim komilki, Ansu bizga yangi maqsadlarga erishishda yordam beradi va biz uning yangi qirralari kashf etilishiga yordam bera olamiz", degan De Dzerbi.
Ma’lumot uchun, 2022/2023 yilgi mavsumda Fati “Barselona” uchun barcha turnirlarda 50 o‘yin o‘tkazdi, unda 10 ta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. Uning “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.