“Barselona” 17 yoshli braziliyalik himoyachini nishonga oldi
Sport
−
27 dekabr 2024 2966 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi “San Paulu” jamoasi himoyachisi Nikolas Bosxardtga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona“ “San Paulu”ning 17 yoshli qanot himoyachisini tarkibga qo‘shib olmoqchi. Yarim himoyada ham o‘ynay oladigan futbolchining Braziliya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Uning tovon puli 60 million yevroni tashkil etadi.
“Ko‘k-anorranglilar” Nikolasni o‘z yosh toifasidagi eng yaxshi futbolchi deb biladi. Biroq, u hali “San Paulu” kattalar jamoasida maydonga tushmagan. Qayd etilishicha, Bosxardtning yoshi kichikligi sabab, u keyingi yozgacha Yevropada o‘ynay olmaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr