“Barselona” himoyachisi Ronalduning jamoasida to‘p suradigan bo‘ldi
Sport
−
08 avgust 4690 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi o‘z moliyaviy holatini yaxshilash, ya’ni jamoa xarajatlari uchun beriladigan limitni oshirish maqsadida himoyachi Inigo Martinesni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasiga sotishga qaror qildi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, “Barselona” ko‘p yillardan beri moliyaviy qiyinchiliklarga uchrab kelmoqda va buning ortidan ba’zi muhim transferlar amalga oshmay qolyapti. Shu bois jamoa o‘z byudjetining imkoniyatlarini oshirish, ya’ni LaLiga tomonidan klub daromadiga qarab beriladigan xarajatlar (transfer va maosh uchun ishlatiladigan) chekloviga biroz erkinlik berish maqsadida Inigo Martinesni erkin agent sifatida bo‘lsa ham qo‘yib yuborishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, ispaniyalik futbolchi kelgusi faoliyatini Saudiya Arabistoni Pro Ligasining “Al-Nasr” jamoasida davom ettiradi.
34 yoshli futbolchining LaLiga klubidagi shartnomasi yana bir yilga amal qilar edi. Futbolchining shartnomani bekor qilib, ushbu transferga rozilik bergani esa uning 14 mln yevroga teng maoshini klub balansida qolishiga xizmat qilgan. Bu “Barselona”ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda biroz bo‘lsa-da yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kataloniya klubining yana bir yetakchi futbolchisi Mark Andre ter Shtegen va jamoa rahbariyati o‘rtasiga biroz sovuqchilik tushgan edi.
Nodir Shukurov