“Barsa” va Ter Shtegen o‘rtasida kelishmovchilik chiqdi
Sport
−
05 avgust 3609 1 daqiqa
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klubning uning jarohati haqidagi hisobotini La Liga tibbiy komissiyasiga yuborishiga rozi bo‘lmayapti. U ushbu hujjatga imzo chekmagan. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Uning bildirishicha, ter Shtegenning ushbu harakatlari kataloniyaliklar safidagi yangi darvozabon Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga ta’sir qilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, ter Shtegen orqa qismidan operatsiya qilingan. “Barselona” darvozabonning tiklanishi kamida to‘rt oy davom etishini isbotlash orqali Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga erishmoqchi.
Bungacha ter Shtegen sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Kelasi hafta sardor uchun ovoz berish marosimi bo‘lib o‘tishi kerak. Manbalarning yozishicha, germaniyalik futbolchisi sardor etib saylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.