“Barselona” hayotimdagi eng yaxshi klub – Yamal
Sport
−
09 yanvar 2025 2505 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda u CNN Sport nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Qachon yangi shartnoma imzolashimni bilmayman, lekin men bu ishni imkon qadar tezroq amalga oshirilishiga umid qilaman. Ha, men shartnomamni uzoq muddatga uzaytiraman. “Barselona” hayotimdagi eng yaxshi klub. Ispaniya chempionatida uzoq vaqt to‘p tepaman”, deydi Yamal.
Ma’lumot o‘rnida, 17 yoshli futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol, 12 ta assist qayd etdi. Ispaniyalik vingerning narxi “Transfermarkt” portalida 180 million yevroga baholangan.
Live
BarchasiEron Kiprga ham zarba berdi
01 mart