“Barsa” va “Bavariya” Levandovski transferi masalasida kelishib oldi

Sport

image

Polsha terma jamoasi futbolchisi Robert Levandovski Germaniyaning “Bavariya” klubidan “Barselona”ga o‘tadi. Bu haqda jurnalist, insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 33 yoshli polshalikni 45 million yevro va 5 million yevro bonus evaziga transfer qilishga kelishib olishdi.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi Levandovski bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Agar ikkala taraf ham bitimdan manfaatdor bo‘lsa, kelishiuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Robert joriy yilning 17 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan “Bavariya”ning yangi mavsum uchun suratga tushish marosimida qatnashmaydi. Sababi o‘sha kuni Levandovski “Barselona”ga yo‘l oladi va “ko‘k anorranglilar”ning AQSHdagi mavsumoldi yig‘iniga uchib ketadi.

Ma’lumot uchun, “Bavariya”da o‘tgan 8 mavsum davomida Levandovski 375 ta o‘yinda maydonga tushib, 344 ta gol urgan va 72 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali polshalik iqtidor egasini 45 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bavariya Barsa

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing