“Barsa” Messini nega ortga qaytarolmasligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi PSJ hujumchisi Lionel Messini ortga qaytarish variantidan hanuz voz kechmagan. Bu haqda ESPN nashri yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati 35 yoshli argentinalik futbolchining qaytishini muhokama qilmoqda. Biroq transfer ehtimoli juda past.

Nashrning aniqlik kiritishicha, “Barselona” Messiga pandemiya davridagi maoshidan qolgan qarzini haligacha qoplab bermagan.

Katta ehtimol bilan joriy mavsum yakunida Lionel Messi PSJ bilan shartnomani bir yilga uzaytirish variantini faollashtiradi.

Qayd etish kerakki, joriy mavsum Lionel Messi uchun omadli o‘tmoqda. U PSJ safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga qo‘shilgandi. U “ko‘k anorranglilar” safida 520 ta o‘yin o‘tkazib, 474 ta gol urgan va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messi Kataloniya klubi bilan birgalikda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Barselona”

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing