“Barsa” futbolchilari maoshini qariyb 200 mln yevroga kamaytirmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchilarga to‘laydigan maoshini deyarli 200 million yevroga qisqartirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, Kataloniya klubi keyingi ikki yil ichida maoshlarni qisqartirish siyosati ustida ishlashni davom ettirmoqchi.

Ayni vaqtda “Barselona” maoshlar uchun bir yilda 610 million yevro sarflaydi. Rahbariyat ushbu miqdorni 450-420 million yevroga tushirishni mo‘ljallamoqda. “Barsa” rasmiylari maoshlar ushbu miqdorga tushadigan bo‘lsa, klubning raqobatbardoshligi oshadi, deb hisoblamoqda. 

“Ko‘k anorranglilar” maoshlarni pasaytirishning asosiy kaliti sifatida Jordi Alba, Serxio Buskets va Jerar Pikening jamoada ketishini nazarda tutmoqda. Agar ushbu futbolchilar “Barsa”ni tark etadigan bo‘lsa, jamoa kattagina pulni tejab qoladi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Ispaniya chempionatining ortda qolgan 6 ta turidan so‘ng, 16 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 2-o‘rnida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona”

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing