“Barsa”dan “Real”ga javob: Grizmann rasman Kataloniyada

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi rasman “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olganligini e’lon qildi.

Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, bugun, 12 iyul kuni “Kamp Nou” stadionida futbolchining rasmiy tanishtiruv marosimi o‘tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni Grizmann “ko‘k-anorranlilar” safiga 120 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Klub rahbariyati futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Shartnomaga ko‘ra, futbolchining tovon puli 800 mln yevro etib belgilangan. 

Oldinroq, bir qator xorij OAVlarida futbolchining “Atletiko” tomonidan jarimaga tortilgani haqida xabarlar tarqalganini ma’lum qilgan edik.

Ma’lumot uchun Grizmann “Atletiko” safiga 2014 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsum fransuz futbolchisi madridliklar safida 21 ta gol kiritib 10 ta samarali uzatmani amalga oshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko Grizmann

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made