“Barsa”da yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammo paydo bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi rahbariyati hali hamon “Barselona”ga yangi kelgan futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini bermadi. Bu haqda COPE nashri yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, uchta iqtisodiy dastakning faollashishi “Barselona”ga yangi futbolchilar Frank Kesse, Andreas Kristensen, Robert Levandovski, Rafinya Dias va Jyul Kunde, shuningdek, “Barsa” bilan yangi shartnoma imzolagan Usmon Dembele, Serji Roberto va Gavini ro‘yxatdan o‘tkazishga yetarli bo‘lmaydi.

Bunga “Barselona” va La Liganing iqtisodiy nazorat departamenti daromadlarni turlicha talqin qilishlari sabab bo‘lmoqda.

Moliyaviy hisobotda “Barselona” rasmiylari keyingi 25 yil ichida “Sixth Street” sarmoyaviy kompaniyasiga televizon huquqlarining 25 foizini sotish orqali (birinchi ikkita iqtisodiy dastak) kapitalni 667 million yevroga oshirishga erishgani ta’kidlagan. "Barsa” rahbarlari “Sixth Street” to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya qilganligini iddao qilgan bo‘lsa-da, La Liga rasmiylari ushbu mablag‘larning 517 million yevrosini hisobga oldi. La Liganing moliyaviy nazorat qoidalariga ko‘ra, faqatgina klublarning olgan pullari muhim. Shu tariqa, “Barsa” taqdim etgan hisobotdagi farq 150 million yevroni tashkil qilmoqda.

“Barselona”La Ligadan yuqoridagidek yondashuvni kutgan va shuning uchun “Barsa Studios”ning 24,5 foiz “ulushini “Socios” kompaniyasiga 100 million yevroga sotgan. Biroq hisobotdagi farq bu sotuv orqali to‘liq qoplanmadi. Shuning uchun to‘rtinchi iqtisodiy dastak sifatida, “ko‘k anorranglilar” katta ehtimol bilan “Barsa Studios”ning yana 25 foiz ulushini sotadi. Bu bo‘yicha harakatlar allaqachon boshlangan. “Socios” kompaniyasi ham kelishuvga qarshi emas.

Albatta, yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uchta iqtisodiy dastakni faollashtirish yetarli emas. Aktivlar va o‘yinchilarni sotishdan, shuningdek, maoshlarni kamaytirishdan tushgan 617 million yevro daromad bilangina “Barsa” yuqoridagi yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona”

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing