Barmog‘imni YeCHLda g‘olib bo‘lish uchun bergan bo‘lardim – Ronaldo
Sport
−
30 yanvar 2021
5316Braziliyalik sobiq hujumchi Ronaldo Libertadores Kubogi va Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘la olmagani haqida gapirdi.
“Ikki barmog‘imni Libertadores Kubogi va Chempionlar Ligasini yutish uchun bergan bo‘lar edim. Birinchi turnirda “Kruzeyro” yoki “Korintians” bilan, ikkinchisida “Inter” yoki “Real Madrid” bilan g‘alaba qozona olmaganimdan afsuslanaman”, deydi sobiq jahon chempioni.
Ronaldo shuningdek, bu mavsum Chempionlar Ligasida qaysi klublar favoritligiga to‘xtalib o‘tdi.
“Hali yaqqol yetakchini aytish qiyin bo‘lsada, men “Bavariya”, “Barselona”, “Real Madrid”, “Manchester Siti” va tarkibida Neymar bo‘lgan PSJda imkoniyat yuqoriroq, deb hisoblayman”, deydi Ronaldo.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldo bir necha og‘ir jarohatlardan so‘ng, 2011 yilda professional futbol bilan hayrlashgan. U Braziliya terma jamoasi safida ikki marta, aniqrog‘i 1994 va 2002 yillarda Jahon chempioni bo‘lgan. Shu o‘rinda, u 1997 va 2002 yillarda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Ronaldo faoliyati davomida Yevropaning bir necha TOP klublari hamda Braziliya chempionatida to‘p surgan.