Barkamol avlod bolalar markazi direktori pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
26 noyabr 2019
8464Uychida “Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” ko‘rik tanlovida 1-o‘rin uchun pul talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi Barkamol avlod bolalar markazi direktori A. markazning “Yosh tabiatshunos” to‘garagi rahbari N.ni pora berishga dalolat qilib, undan “Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” Respublika ko‘rik tanlovida 1-o‘rinni olib berganligi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 200 AQSH dollari talab qilib, 100 AQSH dollari va 955 000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani Barkamol avlod bolalar markazi direktori A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi