Barchasi joyida: Usmon Nurmuhamedov qo‘lga olinmagani tasdiqlandi

Sport

image

Avvalroq, Bellator promousheni jangchisi Usmon Nurmuhamedov Moskvada qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. Lekin Nurmuhamedov o‘z Instagram sahifasida barcha gap-so‘zlar yolg‘on va hali ham ozodlikda ekanini aytdi.

“Kim qayerdaligini bilmayman, lekin biz zalda mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Nima uchun bunday xabarlar tarqalganini tushunmayapman. Iltimos, tinchlaning, hammasi yaxshi”, deya yozgan Nurmuhamedov. 

Eslatib o‘tamiz, Nurmuhamedov do‘sti Kamol Idrisov bilan Maxachqal’adan Moskva shahriga uchishi kerak bo‘lgan, biroq Nurmuhamedovga tegishli mashina nazorat-o‘tkazish punktida turgan politsiyachini urib ketishda gumonlanayotgan edi. Shuningdek, Sheremetevo aeroportida ular politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinmagani oydinlashmoqda.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Usmon Nurmuhamedov MMA’dagi faoliyati davomida 14 marta oktagonga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov MMA Bellator Usmon Nurmuhamedov

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing