Barbie Daun sindromli yangi qo‘g‘irchoqni taqdim etdi (foto)
Bu qiziq
−
26 aprel 2023
9900Amerikaning Mattel kompaniyasi – Barbie o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchisi Daun sindromi bo‘lgan birinchi qo‘g‘irchoqni ishlab chiqardi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.
“Daun sindromli Barbie'ni yaratish ko‘proq bolalarga o‘ziga o‘xshash va ularni ifodalovchi o‘yinchoq topishga yordam beradi, shunda har bir bola o‘zini Barbie'da ko‘ra oladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu qo‘g‘irchoq 10,99 dollar turadi.
Kompaniya yangi qo‘g‘irchoqni yaratish uchun Milliy Daun sindromi jamiyati va tibbiyot hamjamiyati bilan hamkorlik qilgan. Mutaxassislar bilan birgalikda kompaniya Daun sindromli qizlarning jismoniy holatini aks ettiruvchi o‘yinchoqni taqdim etgan.
Bundan tashqari, har bir bunday Barbie 21-xromosomaning uchta nusxasini ifodalovchi marjonlarni taqqan. Aynan shu tug‘ma genetik anomaliya Daun sindromli odamlarda qo‘shimcha 47-xromosomaga ega bo‘lishiga olib keladi.
“Uning kiyimida Daun sindromi ramzi bo‘lgan kapalaklar va sindrom timsolini ifodalovchi ko‘k va sariq ranglar palitrasi kabi mazmunli belgilar mavjud. Uning kulonli pushti marjonida uchta o‘q bor, ular Daun sindromi bo‘lgan odamlarda 21-xromosomaning uchta nusxasini ifodalaydi ”, deyiladi yangi qo‘g‘irchoqning tavsifida.
Mattel kompaniyasi 2020 yilda inklyuziv qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarishni rivojlantirishni boshlagan.
“Biz Barbie qo‘g‘irchoqlari qizlarning har kuni atrofida ko‘rgan narsalarini aks ettirishi kerak deb hisoblaymiz. Bu juda muhim. Qo‘g‘irchoqlarning yangi chiziqlari qizlarga dunyoda go‘zallik haqida turli xil g‘oyalar mavjudligini ko‘rsatadi. Go‘zallikning yagona standarti yo‘q”, deyiladi kompaniya xabarida.