“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Majlisda bahs-munozaralarga boy bo‘lgan masalalardan biri — “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi. Mazkur hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsad omonatchilarning hamda bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda, banklarning barqarorligi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlashdan iborat bo‘lib, eng muhimi, omonatchilarning turli kutilmagan tavakkalchiliklardan himoyalash orqali banklarga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishni nazarda tutadi. 

Shuningdek, bank tizimining barqarorligini ta’minlashning muhim chorasi sifatida qonun loyihasi bilan banklarni ro‘yxatga olish tartibi va shartlari, shu jumladan, norezidentlarning bank kapitalidagi ishtiroki tartibga solinmoqda.

Yana bir muhim jihat, xalqaro tajribani inobatga olib, qonun loyihasi bilan bir bank boshqa moliya institutini nazorat qiluvchi, yuridik shaxs bo‘lmagan moliya institutlarining birlashmasi – bank guruhi tushunchasi kiritilmoqda. 

Bu bilan banklarning o‘zaro mas’uliyatini oshirish, tizimli xatarlarni kamaytirish, shuningdek, banklarni konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilish orqali Markaziy bankning nazorat funksiyalarini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing