Bangladeshda talabani vahshiylarcha o‘ldirganlar oliy jazoga hukm qilindi

Olam

image

Bangladeshda 2019 yilda ijtimoiy tarmoqlarda hukumat siyosatini tanqid qilgan yosh yigitni shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda ayblangan 20 nafar talaba o‘lim, qolgan 5 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Vahshiylarcha o‘ldirilgan talaba 21 yoshli Abrar Fahadning jasadi Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasinani Hindiston bilan imzolangan suv taqsimoti shartnomasini tanqid qilib yozgan postidan bir necha soat o‘tib universitet yotoqxonasida topilgan.

Abrar Fahad olti soat davomida 25 nafar tengdoshi tomonidan kriket tayoqchasi va boshqa to‘mtoq buyumlar bilan kaltaklagan.

Marhum Fahadning otasi Barkat Ulla jurnalistlarga berilgan jazodan mamnun ekani aytib, jinoyatchilarga tayinlanga jazo tez orada ijro etilishiga umid bildirgan. 

Bangladeshlik prokuror Abdulla Abuning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilarning qolgan besh nafariga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oliy jazoga hukm qilinganlarning barchasi Fahad bilan birga Bangladesh muhandislik va texnologiya universitetida tahsil oluvchilar bo‘lgan. Jinoyatchilar 20 – 22 yoshlardagi yigitlar bo‘lgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

talaba

Baholaganlar

573

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing