Bangladeshda dahshatli yong‘in oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 1 martga o‘tar kechasi Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 43 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Dhaka Tribune" xabar berdi.

Qayd etilishicha, savdo markazining ikkinchi qavatida joylashgan “Kacchi Bhai” muassasasida yong‘in 29 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da boshlangan.

Restoran oshxonalarida gazballonlar borligi sababli yong‘in tez tarqalgan. Odamlar zinapoyadagi tutun tufayli binoni tark eta olmagan. Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Qutqaruvchilar va favqulodda xizmatlar yong‘inni ikki soat davomida o‘chirgan. O‘t o‘chiruvchilar 70 kishini yonayotgan bino ichidan qutqarib olgan. Ularning 42 nafari hushsiz holatda bo‘lgan. Bundan tashqari, yana 20 dan ortiq kishi og‘ir jarohat olgan. 

O‘t o‘chiruvchilarning aytishicha, odamlarning aksariyati binodan sakrab tushishdan, kuyish va bo‘g‘ilishdan vafot etgan.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Bangladesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing