Bangladesh elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti
Jamiyat
−
01 iyul 2023
3305Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Jahongir Ala mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Keltirilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov missiyasi yakunlangani munosabati bilan Jahongir Ala bilan uchrashgan.
“Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasini uch yil boshqargan elchi Jahongir Alam bilan uchrashganimizdan xursandmiz. Biz janob elchiga diplomatik faoliyati davomida O‘zbekiston –Bangladesh aloqalarini boyitishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deya ata’kidlagan Baxtiyor Saidov.
Ma’lumot uchun, Muhammad Jahongir Alam 2020 yil oktyabr oyidan Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasini boshqargan va 2021 yil 23 aprel kunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini taqdim etgan.
Shiningdek, joriy yilning iyun oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy kengashining yig‘ilishida elchiga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori diplomi topshirilgan.
Muhammad Jahongir Alam bunga qadar 7 yil Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lgan Masud Mannanning o‘rnida faoliyat boshlagan.
LiveBarchasi