Bangladesh BRICS'ga qo‘shilish uchun ariza berdi – OAV 

Olam

image

Bangladesh BRICS tashkilotiga qo‘shilish uchun rasmiy ravishda ariza berdi. Bu haqda mahalliy “Dhaka Tribune” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mamlakatning tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha so‘rovi Bangladesh Bosh vaziri Shayx Xasina va Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosaning o‘tgan hafta Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng yuborilgan. 

Manbalarga ko‘ra, Bangladesh rahbarining mazkur taklifiga JAR Prezidenti Ramafosa ijobiy munosabatda bo‘lgan. 

Bangladesh hozirda "BRICS do‘stlari" guruhi tarkibiga kiradi. Joriy yilning iyun oyi boshida Keyptaunda tashkilot tashqi ishlar vazirlari va “BRICS do‘stlari”  vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Bangladesh ushbu ittifoq tarkibiga qo‘shilish istagini rasmiy ravishda bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda tashkilotga kirish istagini bildirgan davlatlar soni yigirmaga yaqinlashmoqda. Jumladan, yaqinda Misr ham BRICS'ga to‘laqonli a’zo bo‘lishga ariza bergandi. Shuningdek, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmaunuel Makron ham shu yilning 3 iyun kuni JAR yetakchisi Siril Ramafosa bilan telefon suhbatida undan avgust oyida ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etish imkoniyati to‘g‘risida so‘ragani haqidagi xabarlar tarqaldi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Venesuyelaning BRICS'ga qo‘shilishi tarafdori ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing