Bangkok-Moskva yo‘nalishidagi samolyot Samarqandga shoshilinch qo‘ndi

Jamiyat

image

Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot bortdagi janjal va homilador ayolning salomatligi yomonlashgani tufayli Samarqandga shoshilinch qo‘ndi. Bu haqda “RBK” nashri xabar berdi.

Bortda umumiy 364 nafar yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Samolyot qo‘nishi bilanoq yo‘lovchi ayol shifokorlar qo‘liga topshirilgan. O‘zbekiston aviakompaniyasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, homilador ayolda bevaqt to‘lg‘oq boshlanishi samolyotning qo‘nishiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, parvoz paytida ikki yo‘lovchi o‘rtasida janjal ham yuzaga kelgan. Telegram’dagi mahalliy kanalning yozishicha, yo‘lovchilardan biri styuardessadan “alohida xizmat ko‘rsatish”ni talab qilgan, rad etilganidan keyin uni itarib yuborgan. Janjal ko‘targan erkakni bog‘lab qo‘yishgan, ammo shov-shuv tufayli homilador ayolning tobi qochgan.

Tortishuvga sabab bo‘lganlar Samarqand aeroportida huquq-tartibot organlariga topshirilgan. 

Samolyot vakilining so‘zlariga ko‘ra, parvozni davom ettirishga tayyorlash paytida texnik sabablar paydo bo‘lgan. Buning oqibatida aviakompaniya samolyot parvozini davom ettirishni kechiktirishga qaror qilgan. Bortdagi odamlarni Moskvaga olib kelish uchun ikkita kichik zaxira samolyoti foydalanilgan. Yo‘lovchilarning bir qismi eng yaqin muddatdagi Samarqand-Moskva reysiga o‘tkazilgan. Ularga viloyat mehmonxonasida turar joy, shuningdek, oziq-ovqat va ichimliklar berilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

janjal Samarqand Moskva samolyot Bangkok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing