Bandlik agentligi xodimi 20 000 dollar pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Bir nechta fuqaroni Yaponiyaga yuborish uchun firibgarlik yo‘li bilan 20 000 AQSH dollari olgan xususiy bandlik agentligi xodimi hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

“R.W.” xususiy bandlik agentligi xodimi N.S. fuqaro U.J.ning 4 nafar tanishlarini o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlardagi tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborish uchun imtihonlardan o‘tkazganligini vaj qilib, har bir fuqaro uchun 5 000 AQSH dollaridan jami 20 000 AQSH dollari berishini talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya bandlik

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing