Bakuga koridor ochib berishning kafilini olmaganmiz – Pashinyan
Olam
−
19 Oktabr 2022
5082Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonoti Armaniston hududi orqali koridor yaratishni nazarda tutmaydi. Bu haqda kecha, 18 oktyabr kuni Bosh vazir Nikol Pashinyan ma’lum qildi.
“Kimdir 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotda Armaniston hududiga ishora qiluvchi “koridor” haqida biron bir eslatma topa oladimi? Albatta, yo‘q! 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotda “koridor” haqida biror gap bormi? Ha, bu Tog‘li Qorabog‘ga olib boradigan Lochin yo‘lagi. Bu yagona”, deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Armaniston Vazirlar Mahkamasi rahbari ta’kidlaganidek, hech kim Armanistonni majburiyatlardan bo‘yin tovlaganlikda ayblay olmaydi.
“Ta’kidlaymanki, biz o‘z majburiyatlarimizni bajarish uchun uchta nazorat-o‘tkazish punkti ochishga tayyormiz va mintaqani har tomonlama blokirovka qilishdan kelib chiqadigan imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
Qorabog‘ atrofidagi vaziyat 2020 yil 27 sentyabrda, u yerda faol harbiy harakatlar boshlangan paytda keskinlashdi. 9 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan mojaro hududida harbiy harakatlar to‘liq to‘xtatilishiga erishish imkonini bergan uch tomonlama bayonot imzolandi. Unda Ozarbayjon va Armaniston tomonlari o‘z pozitsiyalarida to‘xtashlari, bir qator viloyatlar Baku nazoratiga o‘tishi, Rossiya tinchlikparvar kuchlarining qo‘shilish chizig‘i va Lochin koridoriga joylashtirilishi nazarda tutilgan.
Kelishuv jarayonining davomi sifatida 2021 yil 11 yanvar kuni Moskvada Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Xususan, mintaqadagi barcha iqtisodiy va transport kommunikatsiyalarini blokdan chiqarishni nazarda tutuvchi yangi qo‘shma bayonot imzolandi. Shu bilan birga, ushbu va boshqa vazifalarni hal etish uchun Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida uch tomonlama ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yerevan bir necha bor Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya rahbarlarining harbiy harakatlarni to‘xtatish va mintaqaviy kommunikatsiyalarni ochish haqidagi uch tomonlama bayonotlari Armaniston hududi orqali Bakuga hech qanday yo‘lak berishni nazarda tutmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
LiveBarchasi