Bakuda o‘zbek bokschilari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Joriy yilning 28 martidan 1 aprelga qadar Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.

Turnirda 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Keyingi paytlarda jahonda yetakchiga aylanib borayotgan o‘zbek bokschilari ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etib, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘ardi. O‘zbekiston terma jamoasi bunday natija bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Umumjamoa hisobida mezbon jamoa vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Kuchli uchlikni esa qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari band etdilar. Musobaqada quyidagi o‘zbek bokschilari shohsupaga ko‘tarilishdi:

Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullayev (-81 kg) – bronza


Maqola muallifi

Teglar

boks

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing