Baku Yerevanning tinchlik shartnomasi bo‘yicha takliflariga javob yubordi

Olam

image
Ozarbayjon va Armaniston 30 yil deganda til topishdi north_east

Ozarbayjon va Armaniston 30 yil deganda til topishdi

Ozarbayjon Armanistonga ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzish bo‘yicha Yerevanning navbatdagi takliflar paketiga o‘z javobini yetkazdi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov AzTV davlat telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Noyabr oyi oxirida biz Armanistondan tinchlik shartnomasi bo‘yicha navbatdagi takliflar to‘plamini oldik. Bir oy ichida biz o‘zimiz ishlab chiqqan takliflar to‘plamini qarama-qarshi tomonga qaytardik. Bu jarayon davom etmoqda", deydi TIV rahbari.

Bayramovning ta’kidlashicha, tinchlik shartnomasi ustida ishlash jarayonining muhim qismi tomonlarning bevosita uchrashuvlaridir. 

“O‘ylaymanki, bunday uchrashuvlar 2024 yilda bo‘lib o‘tadi”, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Shuningdek, u Baku tinchlik shartnomasi bilan bog‘liq masalalarga “real va optimizm bilan yondashayotganini” ta’kidladi. 

"Biz tushunamizki, tinchlik kelishuvi barcha masalalarni 100 % hal eta olmaydi. Lekin u ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun poydevor, asos yaratishi mumkin. Tinchlik shartnomasi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi normal qo‘shnichilik munosabatlariga asos soluvchi hujjatga aylanishi mumkin. Ozarbayjon davlati o‘z kuchi bilan barcha choralarni ko‘radi", deydi Bayramov. 

Uning ta’kidlashicha, Baku Armaniston siyosiy rahbariyatining bayonotlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

"Biz ma’lum ijobiy xabarlarni eshitamiz. Lekin ijobiy xabarlar va so‘zlar qanchalik muhim bo‘lmasin, eng muhimi, ularning haqiqiy harakatlarga aylanishidir", deya ta’kidlagan Ozarbayjon vaziri.

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ani Badalyan Yerevan Bakudan mamlakatlar o‘rtasida tinchlik kelishuvi bo‘yicha takliflarning yangi variantini olganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 noyabr kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Yerevan tinchlik shartnomasi bo‘yicha oltinchi taklifni Bakuga kiritganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston tinchlik shartnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing