Baku Yerevanni harbiy dronlardan foydalanganlikda aybladi
Olam
−
12 may 2023
3004Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari davlat chegarasi hududida provokatsiya paytida zarba beruvchi uchuvchisiz samolyotlardan foydalanganini ma’lum qildi.
Aytilishicha, hujum bugun, 12 may kuni soat 11:30 da (Toshkent vaqti bilan 12:30 da) amalga oshirilgan.
“Armaniston tomoni navbatdagi provokatsiyani amalga oshirib, vaziyatni yana og‘irlashtirmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Mudofaa vazirligi Ozarbayjon armiyasining shaxsiy tarkibi va texnikasi orasida yo‘qotishlar yo‘qligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlari Sotk qishlog‘i yaqinida uchuvchisiz samolyot ishlatgani, buning oqibatida ikki arman askar yaralanganini da’vo qilgan edi.
LiveBarchasi