Baku Tehrondagi elchixonaga hujum qilgan shaxsning o‘limga hukm qilinganini rad etdi

Olam

image

Ozarbayjon tomoni joriy yilning yanvar oyida mamlakatning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirgan shaxsga nisbatan o‘lim jazosi tayinlanishi haqidagi xabarlarni rad etib, yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini aytdi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi bayonot berdi.

“Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, biz Eron Islom Respublikasida tergov qilinayotgan jinoiy ishning borishini diqqat bilan kuzatib boramiz va qarama-qarshi tomon bilan doimiy aloqadamiz. Prokuror ayblanuvchiga nisbatan eng og‘ir jazo tayinlanishini talab qilgan, biroq sud haligacha yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q”, deyiladi prokuratura xabarida. 

Bosh prokuratura yaqin orada sud adolatli qaror qabul qilishi va ayblanuvchi munosib jazosini olishiga umid bildirgan.

Ma’lumot uchun, shu yilning 27 yanvar kuni mamlakatning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgan, oqibatda diplomatik missiya xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, uning ikki hamkasbi yaralangan. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qurolli hujumni qoralab, uni terakt deb baholagan va jinoyat zudlik bilan tergov qilinishini hamda aybdorlarning jazolanishini talab qilgan. 29 yanvar kuni mamlakatning Tehrondagi elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari – jami 53 kishi Bakuga evakuatsiya qilingan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi elchixona diplomatik faoliyatini butunlay to‘xtatganini ma’lum qilgan. Ayni paytda Ozarbayjonning Tabrizdagi Bosh konsulligi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Sentyabr oyida mazkur ish bo‘yicha tergov ishlari yakunlanib, materiallar sudga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon davlat matbuoti Tehrondagi elchixonaga qurolli hujum uyushtirgan jinoyatchi o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon elchixona Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing