Baku Pashinyanning ayblovlariga javob qaytardi

Olam

image

Nikol Pashinyan Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida arman qurolli kuchlarining provokatsiyasi faktini buzib ko‘rsatdi. Bu haqda Ozarbayjon TIV rasmiy vakili Oyxon Hojizodaning Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga bergan javobida aytiladi. 

“Bosh vazir Nikol Pashinyan,  terrorizm Armanistonning sharmandali siyosati va harbiy tajovuzkorligi markazida qolmoqda. Armanistonning o‘zi hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olgan Ozarbayjonga qarshi harbiy xizmatchilar va minalarni o‘tkazib,  tinch aholini o‘ldirmoqda”, deb yozgan u Twitter sahifasida. 

Uning qayd etilishicha, bu Pashinyan aytganidek terror emas, balki Ozarbayjonning Armanistonning bunday noqonuniy xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan qonuniy choralari Ozarbayjonning suveren hududlarida qonun va tartibni o‘rnatish deb ataladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 5 mart kuni Tog‘li Qorabog‘da 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan ozarbayjonlik harbiylarning harakatlari terrorchilik aktiga aylanganini aytgandi. 

Rasmiy Yerevanga ko‘ra, joriy yilning 5 mart kuni Ozarbayjon harbiylari pasport-viza bo‘limining navbatchilik mashinasini o‘qqa tutishi oqibatida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining uch nafar politsiyachisi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.

Rasmiy Bakuning bildirishicha, Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga Armaniston Respublikasidan Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududiga Xankendi-Xalfali-Turshsu tuproq yo‘li bo‘ylab harbiy texnika, o‘q-dorilar va shaxsiy tarkibni olib o‘tgani haqida tezkor ma’lumot kelib tushgan. Ushbu ma’lumotlarni tekshirish maqsadida Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tomonidan noqonuniy harbiy yuk tashishni amalga oshirayotgan avtomashinalarni to‘xtatish va tekshirishga harakat qilingan. Mudofaa vazirligi Armaniston tomoni o‘t ochganini, otishma oqibatida har ikki tomondan qurbonlar va yaradorlar borligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing