Baku Moskvani Qorabog‘ bo‘yicha provokatsiyalardan tiyilishga chaqirdi
Olam
−
25 noyabr 2022
3803Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘ viloyatining bosib olingan hududlarida vaqtincha joylashtirilgan Rossiya harbiy kontingentini arman qurolli guruhlarining provokatsion harakatlarining oldini olishga chaqirdi.
Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy rayonidagi aholi punktlari ro‘yxati va xaritasi Ozarbayjon toponim (muayyan bir hududdagi joy nomlari)lariga mos keladigan nomlar bilan rasmiy ravishda Rossiya Mudofaa vazirligiga, Rossiya harbiy kontingentining avvalgi va amaldagi qo‘mondonliklariga, shuningdek, Turkiya-Rossiya qo‘shma monitoring markaziga yuborilgan.
Bundan tashqari, ushbu nomlardan xabarlarda foydalanish zarurligi takroriy murojaatlarda ham bildirilgan.
“Shunday bo‘lsa-da, afsuski, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kontingentining rasmiy xabarlarida aholi punktlari nomlari soxta arman toponimlari bilan ko‘rsatilgan”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Mudofaa vazirligi, shuningdek, noqonuniy arman qurolli guruhlari tomonidan o‘q otishni to‘xtatish va boshqa hodisalarning buzilishi haqidagi ma’lumotlar so‘nggi paytlarda Rossiya harbiy kontingentining rasmiy hisobotlarida negadir o‘z aksini topmaganini ta’kidladi.
Mudofaa vazirligi Ozarbayjon hududida vaqtincha joylashgan Rossiya harbiy kontingenti qo‘mondonligini o‘z xabarlarida aholi punktlari nomlarini to‘g‘ri toponimlashtirishga chaqirdi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, shuningdek, noqonuniy arman harbiy tuzilmalarining barcha provokatsion harakatlariga, jumladan, hududlarni minalashga jiddiy chek qo‘yishga chaqirdi.
LiveBarchasi