Baku Qorabog‘dagi operatsiyada qancha askar yo‘qotganini ochiqladi

Olam

image

Qorabog‘dagi mahalliy aksilterror tadbirlari davomida Ozarbayjonning 192 harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, 511 harbiy xizmatchi va bir fuqaro yaralandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.  

Bildirilishicha, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning 180 nafari Mudofaa vazirligi, 12 nafari esa Ichki ishlar vazirligi xodimlaridir. Yana bir o‘lim tinch aholi orasida ham kuzatilgan. 

“Harbiy xizmatchilar Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suvereniteti uchun halok bo‘ldi”, deyiladi SSV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da mazkur tadbirlar to‘xtatildi


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing