Baku Aliyevning Ispaniyaga borishdan bosh tortishi sababini ochiqladi

Olam

image

Ozarbayjon 5 oktyabrga belgilangan Granada muzokaralarini, jumladan, Fransiya va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelning armanparast bayonotlari nuqtai nazaridan rad etdi. Bu haqda Ozarbayjonning APA agentligi xabar bermoqda. 

Xususan, nashr Fransiyaning Armanistonga qurol yetkazib berish rejalari haqidagi bayonotlariga ishora qilgan.  

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon tomoni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni ham muzokaralarga taklif qilishni so‘ragan, biroq Parij va Berlin bunga qarshi chiqqan. Ushbu kelishmovchilik uchrashuvning muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga yana bir sabab bo‘ldi. 

Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uchrashuvi Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Yevropa Ittifoqining yuqori martabali vakili ta’kidlaganidek, Yevropa Ittifoqi Parij, Berlin va Bryussel ishtirokida “ikki plyus uch” formatida muzokaralar tashkil etishga harakat qilgan. 

Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Yevropa siyosiy hamjamiyatining Praga va Kishinyovdagi birinchi va ikkinchi sammitlari doirasida uchrashdi. O‘tgan yilning oktyabr oyida Chexiya poytaxtida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ishtirokida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, joriy yilning iyun oyida esa Moldova poytaxtida Fransiya, Germaniya va Yevropa Ittifoqi ishtirokida “ikki plyus uch” formatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ispaniyaning Granada shahriga tashrif buyurishdan bosh tortdi.

Avvalroq, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya Armaniston bilan harbiy yordam yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini aytib o‘tgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing