Baku hech qanday shartlarsiz Lochin koridorini blokdan chiqarishi kerak – Yerevan
Olam
−
20 fevral 2023
3685Ozarbayjon hech qanday shartlarsiz va o‘z majburiyatlariga muvofiq Lochin yo‘lagini blokdan chiqarishi kerak. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bugun, 20 fevral kuni AQSHning yangi elchisi Kristina Kvinga bayonot berdi.
“Tog‘li Qorabog‘ning Ozarbayjon tomonidan noqonuniy blokadaga olinishiga kelsak, Ararat Mirzoyan Ozarbayjon tomoni 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonot bilan o‘rnatilgan Lochin koridori rejimini hech qanday dastlabki shartlarsiz tiklashi kerakligini ta’kidladi”, deyiladi Armaniston TIV xabarida.
Avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Myunxenda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvdan so‘ng Armaniston va Ozarbayjon chegarasida, jumladan, Lochin rayoni yaqinida chegara postlarini tashkil etishni taklif qilganini ma’lum qilgan edi.
2022 yil 12 dekabrda o‘zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Lochin yo‘lagini (Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona yo‘l u orqali o‘tadi) to‘sib qo‘ygan. Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Yerevan buni Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi. Respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilganidek, Tog‘li Qorabog‘da qamal tufayli oziq-ovqat taqchilligi boshlangan. 14 dekabr kuni Armaniston Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Ozarbayjonni Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yishga majburlash talabi bilan murojaat qildi.