Baxtiyor Saidov Nyu-York meri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSHning Nyu-York shahri meri Erik Adams va Vashington meri Myuriel Bauzer bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay uchrashuv uchun Nyu-York meri Erik Adamsga va samimiy qabul uchun Vashington meri Myuriel Bauzerga alohida tashakkur deymiz”, deb yozgan TIV rahbari. 

Shuningdek, u O‘zbekiston delegatsiyasi va AQSHdagi elchixonasi nomidan AQSH Kongressi kutubxonasida O‘zbekiston Mustaqillik kuni bayramini nishonlagan barcha amerikalik hamkorlarga minnatdorlik bildirgan. 

Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov AQSH Prezidentining maxsus yordamchisi Nikolas Berlinerga  samimiy tabriklari uchun tashakkur izhor etgan.

O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi doirasida vazir Saidov AQSH Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Shu bilan birga, u o‘nlab AQSH kompaniyalari rahbarlari bilan O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq joriy yilning 19-25 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligining birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zlashi aytilgandi. 11 avgustda esa AQSH Prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, uni Nyu-Yorkda C5+1 formatidagi sammitga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh N'yu-York Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing