Baxtiyor Saidov Malayziya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuala-Lumpurda Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim qabulida bo‘ldi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

U Bosh vazirga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazgan. 

“O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barcha sohalarda, ayniqsa, oliy darajadagi uchrashuvlardan so‘ng misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladik”, deb yozadi Saidov.

Shuningdek, Saidov Malayziya Tashqi ishlar vaziri Utama Hoji Mohamad bin Hoji Hasan uchrashuv o‘tkazgan. 

“O‘zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish uchun yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Turli darajadagi muntazam almashinuvlarga ko‘maklashish, o‘zaro aloqalarni kengaytirish, mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muloqotni faollashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va boshqa masalalar keng qamrovli kun tartibimizdan joy oldi”, deydi O‘zbekiston TIV rahbari.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga kelib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh vazir Malayziya Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made