Baxtiyor Saidov Xitoy Raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Xitoy Raisi o‘rinbosari Xan Chjen O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV rahbarining o‘zi ma’lum qildi.

“Rahbarlarimiz o‘rtasida yaqin do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlar barcha sohalarda yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini yana bir bor ta’kidladik. O‘zbekiston va Xitoy buyuk tarixiy meros va barqaror rivojlanishga qaratilgan mushtarak maqsadlarga ega”, deb yozgan Saidov Telegram'dagi kanalida.

Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda boshqa sohalar qatori savdo aloqalari va investitsiyaviy hamkorlik ko‘proq ish o‘rinlari va texnologik jihatdan rivojlangan iqtisodiyot yaratishga yo‘naltirilgan darajaga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19 noyabrdan beri Xitoyda bo‘lib turibdi. Aprel oxirlarida u xitoylik hamkasbi Sin Gan bilan muzokara o‘tkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Xitoy raisi o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing