Baxtiyor Saidov Antaliyada Sergey Lavrov bilan ham uchrashdi

Olam

image

Bugun, 2 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchinchi Antaliya Diplomatik forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.

“Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining ayrim dolzarb masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar, jumladan, MDH va SHHT doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar”, deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Shuningdek, Saidov va Lavrov ikki davlat rahbarlarining kelishuvlariga muvofiq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini ta’minlashga sodiq ekanini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 mart kuni Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Sergey Lavrov Antaliya Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing